date

Kivu Lautaro almashtirilishiga izoh berdi


“Inter” bosh murabbiyi Kristian Kivu “Milan”ga qarshi o‘yinda jamoa sardori Lautaro Martinesning almashtirilish sababi haqida gapirdi. Argentinalik hujumchi uchrashuvning 66-daqiqasida Anje-Yoan Bonni bilan almashtirildi.

Bu vaqtda “rossonerilar” jamoasidan Kristian Pulishichning goli hisobni ochgan va o‘yin yakunigacha yagona gol bo‘lib qolgan edi. “Lautaroning ahvoli yaxshi.

Futbolchilarni almashtirishga haqqim yo‘qmi? Bu mening texnik qarorim.

Zaxiradan tushadigan futbolchilar ham jamoaga hissa qo‘sha oladi, ular bunga mavsumning avvalgi o‘yinlarida ham muvaffaq bo‘lishgan. Shunday qaror qabul qildim”, – deya DAZN telekanaliga bergan intervyusida Kivu ta’kidladi.

Lautaro Martines joriy mavsumda A Seriyada to‘rtta gol urib, ikkita golli uzatma amalga oshirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kivu Lautaro almashtirilishiga izoh berdi