
Italiya chempionatining 12-turida "Milan" jamoasi Kristian Pulisichning goli evaziga "Inter" ustidan gʻalaba qozondi. Ammo oʻyinning eng muhim lahzasi, ekspertlarning fikriga koʻra, Hakan Chalhanogʻluning penaltidan foydalana olmagan vaziyati boʻldi.
Penaltini amalga oshirishda mahoratli boʻlgan Chalhanogʻlu "Milan" darvozaboni Mayk Menyanni dogʻda qoldira olmadi. Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Luka Markedjani bu vaziyatni izohlar ekan, "Menyanning psixologik ustunligi Chalhanogʻluga penaltini aniq amalga oshirish imkonini bermadi.
U biroz chap tomonga siljib, Chalhanogʻluga oʻng tomonga zarba yoʻllashni taklif qildi va aynan oʻsha tomonga tashlandi", deya taʼkidladi. Mayk Menyan "Milan" safida 2021 yildan buyon oʻynab kelmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.