Liverpul rekord transferga tayyorlanmoqda

PSJ jamoasining markaziy yarim himoyachisi Joau Neves "Liverpul" klubiga oʻtishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.
Manbaning maʼlumotiga koʻra, "Liverpul" 21 yoshli portugaliyalik futbolchini rekord summa — 160 million yevroga sotib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Joriy mavsumda Neves "Pari Sen-Jermen"ning eng yaxshi toʻpurari boʻlib, Fransiya chempionati va Chempionlar ligasi doirasidagi toʻqqizta oʻyinda oltita gol urishga muvaffaq boʻlgan.
Nevesning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning oʻrtasiga qadar tuzilgan. Nufuzli Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, futbolchining transfer qiymati 90 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing