date

Manchester Yunayted Kazemiro bilan shartnoma uzaytirishni rejalashtirmoqda

Manchester Yunayted Kazemiro bilan shartnoma uzaytirishni rejalashtirmoqda
Manchester Yunayted rahbariyati braziliyalik yarim himoyachi Kazemironi jamoada saqlab qolish uchun harakatlarini davom ettirmoqda. Jurnalist Ekrem Konurning maʼlumotiga koʻra, klub futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan.

Taklifga koʻra, Kazemironing yillik maoshi 22 million yevrodan 7-9 million yevroga tushirilishi mumkin. Agar Kazemiro bu shartlarni qabul qilsa, uning shartnomasi 2027 yilgacha uzaytiriladi.

Aks holda, futbolchi qishki transfer oynasida jamoani tark etishi ehtimoli bor. 33 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 10 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Yunayted Kazemiro bilan shartnoma uzaytirishni rejalashtirmoqda