
Manchester Siti himoyachisi Yoshko Gvardiol o‘tgan mavsumdagi jamoasining omadsiz chiqishlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. "Bu mening faoliyatimdagi eng yomon mavsum edi.
Juda ogʻir oʻtdi. O‘tgan mavsum davomida yechim topish va jamoaga yordam berish maqsadida deyarli uxlamagan kunlarimni yaxshi eslayman.
Ba’zan hammasi rejalashtirilganidek bo‘lmaydi. Men xursandman, bularning hammasi ortda qoldi va biz yaxshi tiklandik.
Futbolda har uch kunda yangi o‘yin bo‘lgani sababli ikki kun oldingi yomon natijalarni unutish imkoniyati mavjud. Bu yangi mavsum va hozir kiyinish xonasidagi muhit ancha o‘zgarib, yaxshilandi", — dedi Gvardiol matbuot anjumanida.
25-noyabr, seshanba kuni "Manchester Siti" Chempionlar Ligasi doirasida "Bayer"ni qabul qiladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.