Nikolás Pas "Real"ga qaytadi


Argentinalik yarim himoyachi Nikolás Pas "Real Madrid" jamoasiga qaytishini tasdiqladi. "Como" futbolchisi bo'lgan 21 yoshli Pas yozda "Qirollik klubi" tarkibiga qoʻshilishi kutilmoqda, chunki "Real"ning sotib olish bo'yicha maxsus bandi faqat yozgi transfer oynasida amal qiladi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, kelishuv iyun oyida yakunlanadi. Joriy mavsumda Pas Italiya A Seriyasida jami 12 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 55 million yevro deb baholamoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…