
Madridning "Real" jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida Gretsiyaning "Olimpiakos" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Cope nashri xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, belgiyalik posbon "qirollik klubi"ning so‘nggi mashg‘ulotida ishtirok etmagan. Mashhur futbolchiga gastroenterit tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, uning kasalligi sabab ertangi uchrashuvda maydonga tushmasligi ehtimoli bor.
"Olimpiakos" va "Real" uchrashuvi 26-noyabr kuni Gretsiyada bo‘lib o‘tadi. Chempionlar Ligasi guruh bosqichining to‘rtinchi turidan so‘ng Xabi Alonso shogirdlari 9 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining ettinchi pog‘onasida joylashgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.