date

Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni vafot etdi

Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni vafot etdi
Italiya terma jamoasi, "Milan" va "Inter" klublarining sobiq darvozaboni Lorentso Buffon 95 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning qizi Patritsiya "Quotidiano Sportivo" nashriga maʼlum qildi.

Lorentso Buffon Gianluigi Buffonning bobosi bilan amakivachcha edi. Futbol afsonasi yurak toʻxtashi sababli hayotdan koʻz yumdi, u tugʻilgan kuniga bir oy yetmay vafot etdi.

"Milan" va "Inter" klublari darvozabon xotirasiga bagʻishlangan xabarlarni oʻz rasmiy saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilishdi. Lorentso Buffon 1949-1959 yillarda "Milan" sharafini himoya qilgan, 1960-1963 yillarda esa "Inter"da oʻynagan.

U besh karra Italiya chempioni hamda bir marta Lotin kubogi gʻolibi boʻlgan. Italiya terma jamoasi safida Buffon 15 oʻyinda maydonga tushib, 17 ta gol oʻtkazib yuborgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, u kam tanilgan klublarda murabbiylik qilgan va "Milan"da skaut sifatida ishlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni vafot etdi