date

Italiyalik sobiq darvozabon Buffon 96 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Italiyalik sobiq darvozabon Buffon 96 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Italiya terma jamoasi, "Milan" va "Inter" klublarining sobiq darvozaboni Lorenso Buffon 96 yoshida yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda “Quotidiano Sportivo” nashri xabar berdi.

U mashhur darvozabon Janluiji Buffonning bobosining amakivachchasi bo‘lgan. Lorenso Buffon navbatdagi tug‘ilgan kuniga bir oydan kam vaqt qolganda hayotdan ko‘z yumdi.

"Milan" va "Inter" klublari Buffon xotirasiga o‘z rasmiy saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda esdalik postlarini e’lon qildi. U 1949–1959 yillarda “Milan” safida, 1960–1963 yillarda esa “Inter” safida harakat qilgan.

Uning faoliyati davomida 5 marta Italiya chempioni bo‘lgan va 1 marta Lotin kubogini qo‘lga kiritgan. Italiya terma jamoasi safida 15 o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Lorenso bir necha kichik jamoalarda murabbiylik qilgan. Shuningdek, u “Milan” klubi tarkibida skaut sifatida ham faoliyat yuritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Italiyalik sobiq darvozabon Buffon 96 yoshida hayotdan ko‘z yumdi