
Himoyachi Jyul Kunde 2022-yil yozida nima uchun "Barselona"ni tanlagani haqida fikr bildirdi. "Xavi bilan suhbatim juda yoqimli va mazmunli boʻldi.
Vaqt qanday oʻtganini ham sezmadim, bu har doim yaxshi alomat. Biz asosan futbol haqida gaplashdik.
Men futbol haqida gapirishni yaxshi koʻraman, ayniqsa Xavi kabi murabbiy bilan. U futbol tarixidagi eng yaxshi oʻyinchilardan biri boʻlgan.
Men Tomas Tuxel bilan ham gaplashdim va u meni jamoasida koʻrishni xohlayotganini his qildim. Lekin Xavining yondashuvi menga koʻproq maʼqul boʻldi", – dedi Kunde Goal nashri bilan suhbatda.
Kunde, shuningdek, "Chelsi"da u qanot himoyachisi sifatida koʻrilganini, "Barselona"da esa markaziy himoyachi sifatida koʻrilganini qoʻshimcha qildi. Bu ham fransuz futbolchisining qaroriga taʼsir qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.