Keyn: “Olise har kuni o‘smoqda”

Keyn: “Olise har kuni o‘smoqda”
“Bavariya” hujumchisi Garri Keyn o‘z jamoadoshi Maykl Olise haqida fikr bildirdi. “Olise – ajoyib inson va haqiqiy professionallar qatoridan.

Uning har kuni qanday mehnat qilayotganini va o‘zi ustida ishlayotganini ko‘rishingiz mumkin. Biz birga bo‘lgan so‘nggi 18 oy davomida uning doimiy o‘sishini kuzatdim”, — dedi Keyn matbuot anjumanida.

Joriy mavsumda 23 yoshli Olise barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Olisening “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt mutaxassislari fransuz futbolchisining qiymatini 130 million yevroga baholamoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar