date

Garri Keyn: "Bavariyaga o'tish hayotimdagi eng yaxshi qarorlardan biri"


Bavariya hujumchisi Garri Keyn yana bir bor klubni tark etish niyati yoʻqligini taʼkidladi. Angliyalik futbolchidan deyarli har bir intervyuda kelajagi haqida soʻrashadi, ammo u 2026 yilda ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etadi.

"Keyingi bir necha yil davomida oʻzimni Bavariya futbolchisi sifatida koʻrayapmanmi? Bu klubga oʻtish hayotimdagi eng yaxshi qarorlardan biri boʻldi.

Men yangi liga va ajoyib jamoa bilan tanishdim, yangi madaniyatni oʻrgandim. Bu qadam meni yanada yaxshi futbolchi boʻlishimga yordam berdi.

Bu yerda uzoqroq qolishga tayyorman. Oʻylaymanki, biz Yevropaning eng kuchli jamoalaridan birimiz", – dedi Keyn Chempionlar Ligasi doirasida Londinning Arsenal jamoasiga qarshi oʻyindan oldingi matbuot anjumanida.

"Mening shartnomam yana bir yarim yil davom etadi. Ishonchim komilki, yaqin ikki oy ichida Bavariya bilan kelajagimiz haqida muhokama oʻtkazamiz", – deya qoʻshimcha qildi 32 yoshli futbolchi.

Keynga "Barselona" va Angliya Premer-ligasining yirik klublari qiziqish bildirayotgani haqida gap-soʻzlar mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn: "Bavariyaga o'tish hayotimdagi eng yaxshi qarorlardan biri"