date

Keyn: Kompanining ishidan hayratdaman


Bavariya hujumchisi Garri Keyn bosh murabbiy Vensan Kompanining jamoa bilan erishayotgan natijalaridan hayratda ekanligini bildirdi. Myunxenliklar belgiyalik murabbiy boshchiligidagi ikkinchi mavsumda ham ajoyib natijalar ko'rsatmoqda.

Jamoa Bundesligada ishonchli peshqadamlikni ushlab turibdi va Chempionlar Ligasi doirasida hali mag'lubiyatga uchramadi. Bavariya yorqin va ustunlikka asoslangan futbol namoyish etmoqda.

"Men Kompanining ishini juda yuqori baholayman. U menga o'zimni yangi qirralarimni ochishda yordam berdi.

Uning yuqori pressing va birga-bir vaziyatlarda dadillik ko'rsatishi, maydonda doimiy ravishda ustunlikka intilishi – bularning barchasi bizni ishonch bilan to'ldirdi. Men hayratdaman.

Umid qilamanki, mavsum yakunida bu mehnatimizning samarasini ko'ramiz", – deydi Keyn Bayern & Germany nashriga bergan intervyusida. Kelasi chorshanba kuni Bavariya Chempionlar Ligasi doirasida Londonda Arsenalga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Keyn: Kompanining ishidan hayratdaman