date

Levandovski "Fenerbaxche"ga rad javobini berdi

Levandovski "Fenerbaxche"ga rad javobini berdi
Barselonaning polshalik hujumchisi Robert Levandovski Turkiyaning "Fenerbaxche" klubiga o‘tishni rad etdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Avvalroq, "Fenerbaxche" 37 yoshli hujumchini transfer qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida ma’lumot chiqqandi. Manbaga ko‘ra, Levandovski yanvar oyida turk klubiga o‘tishdan bosh tortdi.

Futbolchi kamida joriy mavsum oxirigacha "Barselona"da qolishni istamoqda. Joriy mavsumda Levandovski barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Futbolchining "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozda nihoyasiga yetadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Levandovski "Fenerbaxche"ga rad javobini berdi