date

Sindorovdan tarixiy rekord: Prezident Olimpiadada tabrikladi! (video)

Sindorovdan tarixiy rekord: Prezident Olimpiadada tabrikladi! (video)

O‘zbekistonning iste’dodli grossmeysteri Javohir Sindorov FIDE Jahon kubogi finalida xitoylik Vey I ustidan zafar qozonib, shaxmat tarixidan o‘ziga abadiy joy oldi! U bu muvaffaqiyatga atigi 19 yoshida erishib, turnirning eng yosh chempioni sifatida rekord o‘rnatdi. Ikki kunlik murosadan (0,5-0,5) so‘ng g‘olib 26 noyabr kuni qo‘shimcha tay-breyk bahslarida aniqlandi va ikkinchi partiyada hamyurtimiz yakuniy g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Da’vogarlar turniriga yo‘llanma va tarixiy yutuq

Bu g‘alaba bilan Sindorov nufuzli musobaqada chempion bo‘lgan ikkinchi o‘zbekistonlik shaxmatchiga aylandi. Ushbu nokaut tizimidagi eng yirik musobaqa Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi (FIDE) himoyasida o‘tkaziladi.

Eng muhimi, finalga chiqish orqali Sindorov 2026 yilgi Da’vogarlar turniriga (Jahon toji uchun asosiy kurash) yo‘llanmani kafolatladi. Bu turnirning mukofot jamg‘armasi 2 million dollarni tashkil etadi va g‘olib 120 ming dollar oladi.

Prezidentning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tabrigi

Shu kunlarda mamlakatimizda o‘tkazilayotgan Prezident Olimpiadasi ishtirokchilarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri stadionda tabriklayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyev minbarlardan turib bu xushxabarni shaxsan o‘zi e’lon qildi:

“Mana hozirgina xushxabar keldi. Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha Jahon chempionati finalida 19 yoshli shaxmatchimiz Javohir Sindarov g‘alaba qozonib, Jahon chempioni bo‘ldi", – deya davlat rahbari katta mamnuniyat ila stadiondagi barcha sportchilar, murabbiylar va tomoshabinlarni ushbu quvonchli xabar bilan tabrikladi.

Ushbu xabar butun stadionga eshittirilgandan so‘ng, tadbir suxanadoni Jahongir Poziljonov mikrofon orqali "O‘zbekiston! O‘zbekiston! O‘zbekiston!" deya jarangdor ovozda qichqirib, butun xalqning g‘ururini ifoda etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sindorovdan tarixiy rekord: Prezident Olimpiadada tabrikladi! (video)