
Jahon shaxmat olamining e’tibor markazida turadigan yirik musobaqalardan biri — “London Chess Classic 2025” 26-noyabrdan 5-dekabrgacha Londondagi mashhur “Emirates Stadium” arenasida start oladi. Bu yilgi ta’biri bilan aytganda, turnir yanada jiddiy va ta’sirchan bo‘lib, 10 nafar elita darajasidagi grossmeysterlar ishtirokida klassik davra tizimi asosida o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar — dunyoning eng kuchlilari
Turnirda kuyidagi mahoratli shaxmatchilar dona surishadi:
- Nodirbek Abdusattorov — O‘zbekistonning eng yorqin yulduzlaridan biri
- Alireza Firouzja — rapid va blitsdagi ulkan mahorat sohibi
- Pavel Eljanov
- Sam Shankland
- Nikita Vitiugov
- Nikolas Seodorou
- Abhimanyu Mishra — tarixdagi eng yosh grossmeyster
- Maykl Adams
- Gavain Jones
- Luke Makshane
Har bir ishtirokchi bu turnirda nafaqat ball, balki obro‘, o‘z o‘rni va kelasi yilgi yirik musobaqalar uchun muhim reyting imkoniyatlari uchun ham kurashadi.
Vaqt nazorati — klassik uslubda
Bellashuvlar zamonaviy shaxmat talablariga mos ravishda olib boriladi:
- Ilk 40 yurish — 90 daqiqa
- Keyin partiya oxirigacha — qo‘shimcha 30 daqiqa
- Har bir yurishdan keyin — 30 soniya inkrement
Bu tizim o‘yinni chuqur tahlil va uzoq strategik rejalar bilan olib borish imkonini beradi.
Mukofot jamg‘armasi ham jiddiy
Turnirning umumiy mukofot fondi — 50 000 funt sterling. Bu mablag‘ elita darajadagi ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanadi.
“London Chess Classic 2025” bu yil yanada zaxmatli, strategiyaga boy va intrigaga to‘la bellashuvlar silsilasiga aylanishi kutilmoqda. Muxlislar ayniqsa, Abdusattorovning o‘yiniga katta qiziqish bildirmoqda — u Londondagi bu katta sahnada yana bir bor o‘z mahoratini namoyon etadimi, hamma shuni kutyapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.