date

David Luis Chempionlar Ligasida 8 yillik tanaffusdan keyin gol urdi


Braziliyalik himoyachi, Kiprning "Pafos" jamoasi aʼzosi David Luis "Monako" darvozasiga gol urdi. Bu voqea chorshanba kuni, musobaqaning umumiy bosqichining beshinchi turida sodir boʻldi.

Shu tariqa, braziliyalik futbolchi Yevropa futbolining eng nufuzli turnirida sakkiz yillik tanaffusdan keyin yana gol urishga muvaffaq boʻldi. U soʻnggi marta Chempionlar Ligasida 2017/18-yilgi mavsumda, Londonning "Chelsi" jamoasi safida oʻynaganida gol urgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Luis oʻz goli bilan Kiprda oʻtgan oʻyinda hisobni tenglashtirdi. Bungacha "Monako" tarkibida Takumi Minamino gol urgan edi.

Ammo Luisning golidan koʻp oʻtmay, "Monako" futbolchilari yana oldinga chiqib olishdi. Ushbu golni Folarin Balogun oʻz nomiga yozdirib qoʻydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Luis Chempionlar Ligasida 8 yillik tanaffusdan keyin gol urdi