
Milaning "Inter" klubi prezidenti Juzeppe Marotta Madridning "Atletiko" jamoasi bosh murabbiyi Diyego Simeonening soʻzlariga munosabat bildirdi. Chempionlar Ligasi oʻyini oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida argentinalik murabbiy kelajakda "neradzurri"ni boshqarishini tasavvur qilishi mumkinligini aytgan edi.
"Men Simeonening bu soʻzlarini klubimizga boʻlgan hayrat sifatida qabul qildim. U "Inter"ni yaxshi biladi va jamoamizni Yevropaning eng yaxshi klublaridan biri deb hisoblaydi.
Hozirda bizda yosh murabbiy Krishtian Kivu bor va u uzoq yillar davomida jamoamizga rahbarlik qilishi mumkin, deb umid qilamiz. Biz Krishtiandan mamnunmiz va u "Inter"da koʻp yillar faoliyat olib borishiga ishonamiz", – dedi Marotta Sky Sport telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, Diyego Simeone 1996–1999 yillar davomida "Inter" safida futbolchi sifatida oʻynagan. U 2011 yildan beri "Atletiko" jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.