date

Xabi Alonso Kamavingani nima uchun almashtirdi?


Madridning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Chempionlar Ligasi doirasidagi "Olimpiakos"ga qarshi o‘yinda tanaffusdan keyin zaxirada qoldi. Fransiyalik futbolchi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan va birinchi bo‘limni to‘liq o‘tkazgan edi.

Ammo ikkinchi bo‘lim boshida uning o‘rniga Dani Sebalos maydonga tushdi. Jurnalist Xose Luis Sanchesning ma’lum qilishicha, Kamavinga grippdan to‘liq tuzalib ulgurmagan va 45 daqiqalik o‘yin davomida nafas olishda qiyinchiliklarga duch kelgan.

Tanaffus vaqtida hisob 3:1 Madrid klubi foydasiga edi. Ushbu gollarning barchasini Kilian Mbappe urdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa "Olimpiakos" Mehdi Taremiy orqali hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso Kamavingani nima uchun almashtirdi?