Liverpul 33 yillik antirekordni yangiladi

Liverpul 33 yillik antirekordni yangiladi
Liverpul yana yirik mag'lubiyatga uchradi – bu safar Chempionlar Ligasi doirasida PSVga qarshi o'yinda (1:4). Birinchi bo'limda hisob 1:1 bo'lib turgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Eindxovendan kelgan mehmonlar Enfild stadionida javobsiz uchta gol urishdi.

Opta ma'lumotlariga ko'ra, Liverpul 1992-yildan beri ilk bor barcha musobaqalarda ketma-ket uch o'yinda uch yoki undan ko'p gol o'tkazib yubordi. Bungacha Nottingham Forest va Manchester Siti Premyer liga doirasida Liverpulni 3:0 hisobida mag'lub etgan edi.

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining besh turidan so'ng Liverpul to'qqiz ochko to'plagan bo'lsa, PSV bu g'alabadan so'ng ingliz jamoasidan bir ochko ortda qolmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar