
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar ligasi doirasida PSVga qarshi kechgan o‘yinda 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. "So‘nggi haftalarda bir xil vaziyat takrorlanmoqda.
His-tuyg‘ular salbiy va umidsizlikka to‘la. Futbolchilarimizning 0:1 hisobidan keyingi reaksiyasi ijobiy bo‘lgani meni xursand qildi.
Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik va 2:1 hisobiga erisha oladigan imkoniyatlarimiz yetarli edi. Tanaffus vaqtida hech kim 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lishimizni kutmagan edi.
O‘yin boshida van Deyk biroz turtib yuborildi va muvozanatini yo‘qotib, qo‘li bilan o‘ynadi. Lekin VAR bu kabi vaziyatlarga aralashmasligini bilaman.
Shunga qaramay, bizda o‘yinni 2:2 hisobiga olib chiqish imkoniyatlari bor edi, ammo yana gol o‘tkazib yubordik. Bunday mag‘lubiyatni qabul qilish juda og‘ir.
Birinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan keyin futbolchilarimdan kutgan reaksiyani ko‘rdim. O‘tgan dam olish kunlari ham yirik mag‘lubiyatga uchragandik va yana tezkor gol qabul qildik.
Ammo yaxshi mentalitetni namoyon eta oldik. Shunday bo‘lsa-da, bu yana bir og‘ir mag‘lubiyat bo‘ldi.
Biz hozirgi vaziyatni qabul qilishimiz kerak. Bu holatdan o‘tib ketishning yagona yo‘li – ishlashda davom etishdir", – dedi Slot TNT Sportsga bergan intervyusida.
“Liverpul”ning keyingi o‘yini 30-noyabr kuni “Vest Xem”ga qarshi APL doirasida bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.