
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi doirasida "Tottenxem"ga qarshi kechgan va 5:3 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlangan oʻyindan keyin oʻz fikrlarini bildirdi. Uchrashuv davomida Parij klubi "shporlar"ga 0:1 va 1:2 hisoblarida imkoniyatni boy bergandi, ammo oxir-oqibat gʻalabani qoʻlga kiritdi.
Kechaning qahramoni uchta gol urgan yarim himoyachi Vitinya boʻldi. "Biz xarakter koʻrsata oldik.
Juda ogʻir oʻyin boʻldi, murakkab raqibga qarshi kurashdik. "Tottenxem" ayniqsa birinchi boʻlimda juda yaxshi oʻyin koʻrsatdi va himoyada ishonchli harakat qildi.
Vitinya butun jamoa bilan birga oʻsmoqda. U oʻziga xos, noyob futbolchi.
Men uning uchun juda xursandman, u bu natijaga munosib", – dedi Enrike UEFAga bergan intervyusida. "PSJ" hozirda turnir jadvalida 12 ochko bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda, "Arsenal" esa 15 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.