
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot ketma-ket muvaffaqiyatsiz natijalardan so'ng klub rahbariyatining unga bo'lgan ishonchi haqidagi savolga javob berdi. Chorshanba kuni mersisaydliklar Chempionlar ligasi doirasida oʻz maydonida Niderlandiyaning PSV klubiga 1:4 hisobida yutqazishdi.
Bu “qizillar” uchun ketma-ket uchinchi magʻlubiyat boʻldi va umumiy hisobda ular 1:10 natija qayd etishdi. “Men “Liverpul” rahbariyati bilan muloqot qilaman, biz aloqada turibmiz, lekin menga har daqiqada qo'ng'iroq qilib, hali ham ishonch borligini tasdiqlashmaydi.
Suhbatlar odatiy tarzda kechadi, men ishonchni his qilyapman, ammo PSV bilan oʻyindan soʻng hali gaplashganimiz yoʻq. Qanday boʻlishini koʻramiz”, dedi Slot jurnalist Fabrisio Romano orqali.
Aytishlaricha, “Liverpul” rahbariyati niderlandiyalik mutaxassisni isteʼfoga chiqarish masalasini jiddiy koʻrib chiqmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.