date

Levandovski va Modrich bir jamoada o‘ynashi mumkin


Robert Levandovskining kelajagi hozircha aniq emas. Polshalik futbolchining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026-yilgi mavsum oxirigacha davom etadi.

Ammo, katta ehtimol bilan, katalon klubi tajribali hujumchi bilan shartnomani uzaytirmaydi. Transfer News Live'ning Calciomercato manbasiga tayanib xabar berishicha, "Milan" klubi Levandovskini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shishdan manfaatdor.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yozidan boshlab "Milan" safida Luka Modrich to‘p surmoqda. Oldinroq "rossonerilar" xorvatiyalik futbolchi bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishga qaror qilgani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.

Robert Levandovski kelasi yozda 38 yoshga to‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Levandovski va Modrich bir jamoada o‘ynashi mumkin