date

Futbol muxlisi uch yilga diskvalifikatsiya qilindi


Fevral oyida Angliya Chempionshipida "Lids" va "Sanderlend" o'rtasidagi uchrashuvda mojaro yuzaga keldi. "Qora mushuklar" klubi muxlisi "Lids" futbolchilarini, xususan, qora tanli Eton Ampadu va Largi Ramazanini irqiy asosda haqorat qilgan.

Jabrlangan futbolchilar haqorat qilgan shaxsni aniqlay olishmadi, biroq klub kuzatuv kameralaridan foydalanib, aybdorni topishga muvaffaq bo'ldi. Kameralardagi yozuvlar 68 yoshli Setfen Patterson ismli shaxsning maymun raqsi bilan qora tanli futbolchilarga nisbatan haqoratli harakatlar qilganini ko'rsatdi.

Ushbu qilmishi uchun Patterson uch yilga stadionga kirishdan chetlashtirildi (qayd etilishicha, bu cheklov faqat "Lids"ning "Elland Roud" stadioni uchunmi yoki barcha futbol o'yinlarigami, aniq emas) va unga 346 funt sterling jarima solindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Futbol muxlisi uch yilga diskvalifikatsiya qilindi