date

Bavariya direktori magʻlubiyat haqida gapirdi


Bavariya jamoasi chorshanba kuni ushbu mavsumdagi birinchi magʻlubiyatni qabul qildi. Vincent Kompani boshqaruvidagi jamoa Chempionlar ligasida Arsenalga 1:3 hisobida yutqazdi.

Oʻyindan soʻng myunxenlik klubning bosh direktori Yan-Kristian Drizen izoh berdi. "Biroz izlanib koʻrdim va baʼzi unutilgan noxush lahzalarni esladim.

Biz oxirgi marta 144 kun oldin, Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida PSJga qarshi magʻlub boʻlgan ekanmiz. Soʻnggi 18 oʻyinda 17 ta gʻalaba va bir durang qayd etilgan.

Biz gʻalabaga odatlanganmiz, shu sabab magʻlubiyatni qabul qilish qiyin. Bugun baʼzilar aytdiki: "Yaxshisi hozir yutqazganimiz yaxshi, pley-off bosqichida emas." Bu fikrda mantiq bor," – deya Drizenning soʻzlarini keltiradi Goal portali.

Bavariya keyingi oʻyinini 29-noyabr kuni Germaniya chempionatida Sankt-Pauli jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya direktori magʻlubiyat haqida gapirdi