
Fransuz yarim himoyachisi Adrien Rabio xorvatiyalik faxriy futbolchi Luka Modrich haqida o'z fikrlarini bildirdi. Ma'lumki, Modrich "Real"ni tark etib, Italiya futbolining top jamoalaridan biri "Milan" bilan shartnoma imzoladi va Yevropa futbolining yana bir yuqori saviyali ligasida o'zini sinab ko'rishga qaror qildi.
Rabio Modrichning o'yinga bo'lgan ishtiyoqini yuqori baholadi. "U futbolni bola kabi yaxshi ko'radi.
Biz maydon markazida ajoyib hamkorlikni yo'lga qo'ydik. Uning iroda, mehnatsevarlik va 40 yoshida ham g'alabaga intilishi meni doim hayratda qoldiradi.
Umid qilamanki, men ham 40 yoshimda shunday motivatsiyaga ega bo'laman", - dedi Rabio pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, "Milan" hozirda A Seriyasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.