
“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen qishki transfer oynasida klubni tark etishi kutilmoqda. Mundo Deportivo xabariga koʻra, germaniyalik darvozabon oʻzgarishlar kiritish zaruriyatini tushunib yetgan.
Jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik uni asosiy tarkibga qaytarishni rejalashtirmayapti, bu esa 33 yoshli futbolchining yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatidan chetda qolish xavfini oshiradi. Mundialda qatnashish uchun Ter Shtegen yangi jamoa topishi kerak boʻladi.
Ayrim maʼlumotlarga koʻra, turk klublari unga qiziqish bildirmoqda, ammo “Barselona” hali rasman taklif olgani yoʻq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.