date

Xabi Alonso: Mbappe "Real" uchun juda muhim


Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso fransiyalik hujumchi Kilian Mbappening jamoa uchun ahamiyati haqida gapirdi. Yaqinda boʻlib oʻtgan Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi "Olimpiakos"ga qarshi oʻyinda (4:3) Mbappe toʻrtta gol urib, hujumdagi mahoratini yana bir bor namoyon etdi.

"Menga Kilian jamoa uchun nima qilayotgani juda yoqadi. Bu faqat gollar emas.

Uning xarakteri, jamoadoshlarga taʼsiri, har bir kichik detallar – bularning barchasi "Real" uchun juda muhim," - deydi ispaniyalik mutaxassis ESPNga bergan intervyusida. 2025/2026-yilgi mavsumda Mbappe "Real" safida 21 oʻyinda maydonga tushib, 23 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fransiyalik hujumchining "Real" bilan mehnat shartnomasi 2029-yil yozida yakunlanadi. Uning transfer qiymati hozirda 180 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso: Mbappe "Real" uchun juda muhim