date

Manchester Yunayted futbolchisi safga qaytadi


Manchester Yunayted hujumchisi Mateus Kunyaning boshidan olgan jarohati sababli maydonga tusha olmagan edi. 26 yoshli futbolchi Evertonga qarshi o‘yindan oldin mashg‘ulotlarda jarohat olgan va bu muammo dastlabki taxminlardan jiddiyroq bo‘lib chiqqandi.

Shu sababli braziliyalik futbolchiga xavfsizlik chorasi sifatida qo‘shimcha dam berilgan edi. Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lumotlariga ko‘ra, agar hammasi reja bo‘yicha ketsa, Mateus Kunyaning Kristal Pelasga qarshi o‘yinda maydonga qaytish imkoniyati yuqori.

Qizil iblislarning ushbu safar o‘yini Angliya Premer-ligasining 13-turida, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Yunayted futbolchisi safga qaytadi