Real Madrid afsonasi: Mbappe doim yetakchi bo'lgan

Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi Ugo Sanches jamoaning hozirgi yulduzi Kilian Mbappe haqida o'z fikrlarini bildirdi. Fransuz hujumchisi Chempionlar ligasidagi so'nggi o'yinda Gretsiyaning "Olimpiakos" klubiga qarshi uchrashuvda poker qayd etib, "Real"ning 4:3 hisobidagi g'alabasiga katta hissa qo'shdi.
"Mbappe ajoyib sport formasida. U o'ziga bo'lgan ishonchi va doimo unga xos bo'lgan yetakchilik xarizmasini namoyish qilmoqda", – dedi Ugo Sanches El Larguero nashriga bergan intervyusida.
26 yoshli Kilian Mbappe joriy mavsumda "Real" safida barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. Yakshanba kuni Xabi Alonso boshchiligidagi jamoa La Liganing navbatdagi turida "Jirona"ga qarshi o'yin o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing