date

"Barselona" Flikning o‘rniga boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda

"Barselona" Flikning o‘rniga boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda

"El Chiringuito" tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Barselona"da Xans-Diter Flik atrofidagi vaziyat kun sayin murakkablashib bormoqda. Klub ichki manbalari ta’kidlashicha, mavsum yakunlanganidan keyin nemis mutaxassisining jamoani tark etishi ehtimoli qolishidan ancha yuqori.

Flik so‘nggi oylarda jamoaning beqaror o‘yinlari sabab jiddiy tanqidlar va bosim ostida qolmoqda. Uning fikricha, ayrim e’tirozlar mutlaqo noadolatli va jamoa ichidagi ayrim holatlar qasddan yomonlashtirib ko‘rsatilayotgan. Shu bilan birga, ishonchli manbalar aytishicha, murabbiyning Lamin Yamal hamda Robert Levandovski bilan munosabatlarida ham muayyan sovuqlik sezilayotgani vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda.

Klub rahbariyati — prezident Joan Laporta va sport direktori Deku — esa ehtimoliy almashtiruvchilar ro‘yxatini o‘rganishni boshlab yuborgan. Asosiy da’vogar sifatida Luis Enrike tilga olinmoqda, ammo PSJ undan osonlikcha voz kechishni istamayapti. Shunga qo‘shimcha, "Komo"da muvaffaqiyatli ishlayotgan Sesk Fabregas ham yangi kuzatuv ostidagi nomzodlar qatoriga kiritilgan.

Kataloniya klubi atrofidagi tahlikali vaziyat yaqin orada yanada ochiq-oydin tus olishi kutilmoqda. Mavsum oxirigacha jamoaning natijalari Flik taqdirida hal qiluvchi rol o‘ynashi aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Barselona" Flikning o‘rniga boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda