
Barselonaning bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning joriy mavsumdagi o'yinlari haqida fikr bildirdi. Chempionlar ligasida so'nggi uchrashuvda kataloniyaliklar Chelsiga 0:3 hisobida yutqazishdi.
"Biz uchta gol o'tkazib, mag'lub bo'lganimizda, o'yin yomon bo'ldi yoki bu biz ko'rishni istagan Barselona emas edi, deb aytish oson. Lekin yuqori chiziqli himoya bilan o'ynash uchun nimaga ehtiyoj borligini hamma ham tushunmaydi.
Bu bizning uslubimiz – faqat himoyachilar emas, balki hujumchilar va yarim himoyachilar ham pressingni boshlashadi. Bu mening futbolchilardan talab qilganim.
Himoya aybdor deb hisoblash adolatdan emas, chunki agar bizning butun jamoamiz to'g'ri pressing qilmasa, muammolar yuzaga keladi. Buni ochiq tushuntirib o'tmoqchiman.
Men optimistman, chunki biz ba'zi narsalarni yaxshi bajardik. Ammo hujumni pressing bilan boshlashda yaxshiroq ishlashimiz kerak.
Men mashg'ulotlarda ko'rgan narsamni o'yinda ham ko'rishni xohlayman – va mashg'ulotlarda ko'rganlarim menga yoqmoqda," – dedi Flik matbuot anjumanida. 29-noyabr, shanba kuni Barselona La Ligada Alavesni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.