date

Flik transferlar haqida gapirdi


Matbuotda Hans-Diter Flik “Barselona” tarkibini kuchaytirishni xohlayotgani haqida maʼlumotlar paydo boʻldi. Germaniyalik mutaxassis juma kungi matbuot anjumanida transferlar borasidagi savolga javob berdi.

"Men transferlar haqida oʻylamayapman. Barcha eʼtiborim navbatdagi oʻyinga qaratilgan.

Xalqaro tanaffusga qadar uch haftadan sal koʻproq vaqt qoldi va oldinda koʻplab oʻyinlar bor. Butun energiyamni shular uchun sarflayapman", – dedi Flik jurnalistlarga.

Ayni damda Hans-Diter Flik futbolchilarni Ispaniya chempionati doirasidagi “Alaves”ga qarshi oʻz maydonidagi oʻyinga tayyorlamoqda. Jamoalar shanba, 29-noyabr kuni maydonga tushadi.

Hozirda “Barselona” La Liga jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda va “Real”dan bir ochkoga ortda qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik transferlar haqida gapirdi