79 yoshida Billi Bonds vafot etdi

79 yoshida Billi Bonds vafot etdi

79 yoshida Billi Bonds vafot etdi
Londonning "Vest Hem" klubi o'z tarixidagi yorqin sahifalardan birini yo'qotdi — klub ramziga aylangan Billi Bonds 79 yoshida vafot etdi. Ushbu qayg'uli xabarni klub matbuot xizmati e'lon qildi.

Bonds 1967-yildan boshlab 21 yil davomida "molotobozlar" safida 799 ta o'yin o'tkazgan. U ikki marta Angliya Kubogini qo'lga kiritgan.

1990-yillar boshida klub bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan, garchi u bu lavozimda katta yutuqlarga erisha olmagan bo'lsa ham, 1992-yilda "Vest Hem" Angliya Premer-ligasidan tushib ketganidan so'ng, aynan u uni yana yuqori ligaga qaytarishga muvaffaq bo'lgan. Hozirda "Vest Hem" Angliya chempionati turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar