
Madridning "Real" klubi "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uorton uchun kurashmoqchi. "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Xabi Alonso ingliz futbolchisini o‘zining asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan.
Bu haqda Transfer News Live nashri jurnalist Latigo Serranoga tayanib xabar bermoqda. Ispaniyalik mutaxassis klubni 21 yoshli futbolchini yanvar oyida transfer qilishga urinib ko‘rishga undamoqda.
Adam Uortonga "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining narxini 60 million yevro deb baholashgan.
Uortoning "Kristal Pelas" bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.