date

Real Madrid ketma-ket uchinchi durangga erishdi

Real Madrid ketma-ket uchinchi durangga erishdi
Ispaniya chempionatining navbatdagi turida Madridning "Real" klubi yana gʻalaba qozona olmadi. Bu natija jamoani turnir jadvalida birinchi oʻrindan chetlatdi va hozirda "Barselona"dan ortda qoldi.

Bu safar "Real"ga yana bir katalon klubi – "Jirona" qarshilik koʻrsatdi. Mazkur durang "Real" uchun chempionat doirasida ketma-ket uchinchi boʻldi.

Bunday holat Madrid klubi uchun soʻnggi bor 2019 yilda, Zinedin Zidan bosh murabbiy boʻlgan paytda yuz bergan edi. "Real" kelasi turda "Atletik Bilbao"ga qarshi oʻyinni oʻtkazadi.

Ushbu uchrashuv 3-dekabr, chorshanba kuni boʻlib oʻtadi. Hozirda "Real" "Barselona"dan bir ochkoga ortda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Madrid ketma-ket uchinchi durangga erishdi