
Argentina terma jamoasi va «Barselona» hujumchisi Lionel Messining birinchi murabbiyi Ernesto Vekko olamdan o‘tdi. Bu haqda Tribuna.uz xabar tarqatdi.
Manba xabariga ko‘ra, 65 yoshli mutaxassis Rosario shahrida vafot etgan. Ernesto Vekko Messini «Nyuells Old Boyz» klubida dastlabki qadamlarini tashlayotganida shug‘ullantirgan. U umrining oxirigi damlarigacha jamoaning o‘smirlari bilan ish olib borgan.
«Leo «Bella Vista» majmuasidagi kichkina maydonchalarda o‘ynab yurganida u bilan ish boshlaganman. Aynan o‘sha erda u boshqalardan ajralib turuvchi texnikaga ega ekanini namoyish etgandi» - degandi Vekko o‘zining intervyularidan birida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing