date

APL klubi bosh murabbiyini isteʼfoga chiqarishi mumkin

APL klubi bosh murabbiyini isteʼfoga chiqarishi mumkin
Angliya Premer-ligasida murabbiy isteʼfosi yuz berishi mumkin. The Guardian xabariga ko‘ra, "Lids" bosh murabbiyi Daniel Farke lavozimidan ozod etilishi ehtimoli yuqori.

O‘tgan dam olish kunlari "Lids" safarda "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda ikki gol farqini yo‘qotganiga qaramasdan, yakunda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu "Lids"ning so‘nggi etti o‘yinda olti marta mag‘lub bo‘lishi edi.

Manbalarga ko‘ra, "Lids" rahbariyatining sabri tugash arafasida. Garchi baʼzi rahbarlar murabbiyga hamdardlik bildirayotgan bo‘lsa-da, Farkening ishdan bo‘shatilishi kutilmoqda.

"Lids"ning yaqin kunlarda "Chelsi" (3-dekabr) va "Liverpul" (6-dekabr) bilan bo‘ladigan uy uchrashuvlarida ham yutqazsa, murabbiy isteʼfosi amalga oshishi aniq. Hozirda "Lids" Premer-liga turnir jadvalida 18-o‘rinda joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » APL klubi bosh murabbiyini isteʼfoga chiqarishi mumkin