Noyabr oyining La Liga eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Ispaniyada noyabr oyi davomida La Ligada eng yaxshi murabbiy aniqlash bo'yicha ovoz berish yakunlandi. Bu natijada "Vilyarreal" klubini boshqarayotgan Marselino Garsiya Toral g'olib bo'ldi.
60 yoshli ispan mutaxassisi "Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik va Madridning "Atletiko" jamoasi ustozlari Diego Simeoneni ortda qoldirdi. O'tgan oy davomida Marselinoning jamoasi to'rtta g'alaba qo'lga kiritdi.
"Vilyarreal" "Rayo Valyekano"ni (4:0), "Espanyol"ni (2:0), "Mallorka"ni (2:1) va "Real Sosedad"ni (3:2) mag'lub etdi. 14 turdan so'ng "Vilyarreal" 32 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing