date

Bremerni APLning uch klubi kuzatmoqda


Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Gleyson Bremer Angliyada faoliyatini davom ettir, deb taxmin qilinmoqda. Transfer News Live xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi "Tottenxem" uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi, chunki klub himoya chizig‘ini kuchaytirishga intilmoqda.

Shu bilan birga, "Tottenxem" Bremer uchun "Manchester Yunayted" va "Chelsi" bilan raqobatlashishi kutilmoqda. Futbolchining transfer narxi taxminan 60 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Bremer tizzasidan jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazgan edi. Braziliyalik futbolchi maydonga qaytishi mumkin bo‘lgan muddat dekabr oyiga belgilangan.

Ayni paytda "Yuventus" Italiya chempionati jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bremerni APLning uch klubi kuzatmoqda