
Ispaniya chempionatining 15-tur markaziy uchrashuvida Kataloniyaning "Barselona" klubi oʻz maydonida Madridning "Atletiko" jamoasini qabul qiladi. Ushbu qarama-qarshilik boʻyicha fikrlari bilan Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Aleksandr Mostovoy oʻrtoqlashdi.
"Gollar boʻlishi aniq, chunki har ikki jamoa orqaga qarab oʻynamaydi. Natija borasida esa menimcha, uchrashuv durang bilan yakunlanadi", - dedi mutaxassis "Stavka TV"ga bergan intervyusida.
"Barselona" bugun, 2-dekabr kuni "Kamp Nou" stadionida "matraschilar"ni qabul qiladi. Uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
Mazkur bahs oldidan "koʻk-anorranglilar" La Liga turnir jadvalida peshqadam boʻlib turibdi, "Atletiko" esa toʻrtinchi oʻrinda joylashgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.