
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa yarim himoyachisi Deklan Rays haqida fikr bildirdi. "U so'nggi ikki yil ichida, xususan, o'tgan mavsumda juda barqaror o'ynadi.
Muhim o'yinlar va hal qiluvchi vaziyatlarda u o'zini tobora yaxshiroq ko'rsatmoqda, bu esa juda muhim. Katta klubda bunday rolni ijro etish istagi tabiiy va men uning bu vazifani a'lo darajada bajarayotganidan xursandman", – dedi Arteta "kanonirlar"ning rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Deklan Rays "Arsenal" tarkibiga 2023 yil yozida "Vest Hem"dan o'tib qo'shilgan edi. Shundan buyon u jamoaning markaziy yarim himoyachisida almashtirib bo'lmaydigan futbolchiga aylangan va deyarli barcha o'yinlarda qatnashib keladi.
Joriy mavsumda Rays jami 20 rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urdi va 6 golga assistentlik qildi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.