Dani Olmo 3 hafta oʻynamaydi

Dani Olmo 3 hafta oʻynamaydi
Barselonaning hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo Madridning Atletiko jamoasiga qarshi oʻyinda jarohat olgani sababli safdan chiqdi. Oʻyin 3:1 hisobida Barselona foydasiga yakunlangan boʻlsa-da, 65-daqiqada ikkinchi golni urgan Olmo darhol maydonni tark etdi.

Keyinchalik futbolchida yelka chiqishi aniqlangan. Mashhur insayder Fabritsio Romano xabariga koʻra, Olmo uch hafta davomida maydonga tusha olmaydi.

Barselona jamoasi 6-dekabr kuni Betisga qarshi oʻynaydi, shuningdek, 9-dekabrda Ayntraxt Frankfurt, 13-dekabrda Osasuna va 21-dekabrda Villarrealdan kuch sinaydi. Joriy mavsumda Dani Olmo 17 oʻyinda maydonga tushib, toʻrtta gol urdi va ikki marta assistentlik qilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar