
Manchester Yunayted jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya Premer-ligasining 13-turidagi eng yaxshi futbolchi deb e'tirof etildi. Bu haqda musobaqa matbuot xizmati ma'lum qildi.
O'tgan dam olish kunlari Manchester Yunayted "Kristal Pelas" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvda "Qizil iblislar" 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.
Brunu Fernandesh mazkur o'yinda Joshua Zirkzee va Meyson Mauntga ikkita aniq golli uzatma amalga oshirdi. Ma'lumot uchun, g'alaba irodali tarzda qo'lga kiritildi.
Ushbu g'alabadan so'ng Manchester Yunayted APL jadvalida 21 ochko bilan 7-o'ringa ko'tarildi. Chempionlar ligasi zonasidan uch ochko, birinchi o'rindan esa to'qqiz ochko orqada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.