Romero goli haqida Messini esladi

Kristian Romero "Nyukasl"ga qarshi APL o'yinida qahramon bo'ldi. "Tottenxem" himoyachisi dubl qayd etib, jamoasiga 2:2 hisobidagi durangda bir ochko olishga yordam berdi.
Uning ikkinchi goli akrobatik zarba bilan urildi. Romero Sky Sportsga bergan intervyusida shunday dedi: "Men terma jamoada Messi bilan birga shug'ullanaman va uni kuzataman.
Bu chiroyli gol bo'ldi." Shuningdek, Romero "Tottenxem" uchun "Nyukasl" maydonida mag'lubiyatdan qochish muhim bo'lganini ta'kidladi. "Bu juda muhim edi.
Biz oxirgi uch-to'rt o'yinda yetarlicha yaxshi emasdik. Menga yakuniy daqiqalardagi ruhiy holatimiz yoqdi," - dedi u.
Hozirda "Tottenxem" APL jadvalida 11-oʻrinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing