Ruben Amorim: Gʻoyalarni hamma joydan olamiz

Ruben Amorim: Gʻoyalarni hamma joydan olamiz
Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim raqib jamoalardan gʻoyalarni oʻzlashtirish mavzusida oʻz fikrlarini bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis har qanday imkoniyatdan ilhom olishga harakat qilishini tan oldi, ammo aniq jamoalarni misol keltirishdan bosh tortdi.

“Qaysi jamoalardan gʻoyalarni olganimizni aytmayman. Hamma joydan olamiz.

Bugungi kunda juda koʻp aqlli murabbiylar, haqiqiy mutaxassislar bor. Biz esa har yerda gʻoyalarni oʻzlashtirishga intilamiz,” dedi Amorim oʻzining matbuot anjumanida.

Payshanba kuni “Manchester Yunayted” oʻz maydonida Premyer-liganing 14-turida “Vest Xem”ni qabul qiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar