
Mashhur fransuz sobiq futbolchisi Emmanuel Peti hozirgi "Barselona" jamoasining kuchiga oid fikrlarini bildirdi. 1998-yilgi Jahon chempioni fikricha, "ko'k-anorranglilar" 18 yoshli vinger Lamin Yamalga haddan tashqari ishonib qolgan.
"Barselonada barcha umidlar Yamalga bog'langan – klub to'liq unga tayanmoqda. Jamoada sifatli futbolchilar bor, lekin Lionel Messi kabi dunyo yulduzlari yo'q.
Yamal Chempionlar Ligasini yakka o'zi yuta olmaydi. Hurmat bilan aytaman, hatto Messi buni Xavi, Inyesta va Puyolning yordamisiz uddalay olmagan bo'lardi", – deydi Peti The Touchline bilan suhbatda.
Hans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turidan so'ng turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.