
Turkiyaning BeIN SPORTS kanalidagi "10 Numara" ko‘rsatuvida futbol tahlilchisi Ugur Meleke, Eldor Shomurodovning "Bashakshehir" klubiga o‘tishi mavsumning eng yaxshi transferlaridan biri bo‘lganini ta’kidladi. Uning fikricha, Shomurodovning jamoa a’zosiga aylanishi juda muhim va yorqin qaror bo‘ldi.
Meleke, Shomurodovning "Kasimpasha"ga qarshi o‘yinda namoyish etgan individual o‘yini haqida shunday dedi: "Eldor Shomurodov mavsumning eng yorqin o‘yinlaridan birini o‘tkazdi. Uning ko‘rsatgan o‘yini juda yuqori darajada. Bu ko‘rsatuv “Bashakshehir”ning o‘zini yuksaltirishiga olib kelishi mumkin. Ehtimol, “Bashakshexir” uni to‘liq sotib olishini ham kuzatamiz. Klubni tabriklayman, shuningdek yosh murabbiy Nuri Shahinni alohida tabriklamoqchiman. Shomurodovning “Bashakshehir”ga o‘tishi, klubning transferlari orasida eng katta natijalardan biri bo‘ldi", deb hisobladi Meleke.
Shomurodovning o‘yini haqida to‘xtalgan Meleke, o‘yin tugagach futbolchini ham e’tirof etdi: "Biz yaxshi o‘ynay olmadik, o‘yinimiz past edi, ammo baxtimizga Eldor kabi futbolchimiz bor. U katta futbolchi. Rostini aytsam, bugun bizni yelkasida ko‘tardi."
Meleke shuningdek, ko‘p murabbiylar bunday ochiq-oydin maqtov berishga o‘rganmaganini qo‘shimcha qildi. Uning aytishicha, Shomurodov haqiqatan ham katta futbolchi va uning transferi mavsumning eng yorqin voqealaridan biri bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.