
Kot-d’Ivuar terma jamoasining sobiq futbolchisi Yaya Ture oʻz faoliyati xotiralari bilan oʻrtoqlashdi. U ayniqsa Fransiya chempionati bilan bogʻliq voqealarni tilga oldi.
2004-yilda, Belgiyaning "Beveren" klubida uch ajoyib mavsum oʻtkazganidan soʻng, Turega PSJ qiziqish bildirgan edi. Futbolchining aytishicha, "Pari Sen-Jermen" transfer toʻlovini ikki qismda amalga oshirishni taklif qilgan, ukrainalik "Metallurg" esa toʻlovni bir martada toʻlashga tayyor boʻlgan.
"Menga yaqin boʻlgan odamlar mening istaklarimni hurmat qilmadi... PSJga oʻtish imkoniyatimni tortib olishdi.
Bu men uchun juda ogʻir edi", – dedi Ture GFFNga bergan intervyusida. Biroq, oradan bir necha yil oʻtib, Ture Liga 1ga qaytib, "Monako" bilan shartnoma imzoladi.
U oʻz soʻzlariga koʻra, aynan ushbu klubda oʻz mahoratini orttirishda hech qanday bosimsiz ishlash imkoniyatiga ega boʻlganini his qilgan. "Monakoning deyarli muxlislari yoʻq, shuning uchun bosim ham boʻlmaydi – stadion deyarli boʻsh boʻladi", – dedi Ture.
"Monako"dagi bir mavsumdan soʻng, Yaya Ture "Barselona" jamoasiga qoʻshilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.